Endi Teylor Svift lirikasi universitetda o‘qitiladi

Madaniyat-san’at

image

Belgiyadagi Gent universiteti Teylor Svift diskografiyasining adabiy xizmatlariga bag‘ishlangan yangi adabiyot kursini ochmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, universitetda shu yil kuzdan “Adabiyot: Teylor versiyasi” nomli kurs o‘qitiladi. Dotsent Elli Makkauslend ushbu kursga rahbarlik qiladi.

Makkauslend — pop-yulduzning mavzu, tasvir va tildan foydalanishini yozuvchilar, jumladan Silviya Plat, Charlz Dikkens va Uilyam Shekspir bilan solishtiradigan “Swifteature” blogi muallifi.  U o‘rta asrlar davridan to Viktoriya davrigacha bo‘lgan adabiyotni o‘rganishda Svift ijodidan foydalanadi. 

“U o‘z musiqasida kanonik adabiy matnlarga tez-tez ishora qiladi. Sviftning ishidan tramplin sifatida foydalanib, biz boshqa mavzular qatorida adabiy feminizm, ekotritizm, fan tadqiqotlari va antiqahramon kabi mavzularni o‘rganamiz”, deb tushuntirdi kurs rahbari.

Makkauslendning bildirishicha, Sviftning qo‘shiq yozishi bir muncha vaqt ilmiy tahlilga arziydigan mavzu sifatida uning xayolida bo‘lgan. Lekin faqatgina o‘tgan yilning kuzida Sviftning so‘nggi “Midnight” albomi chiqishi bilan bu g‘oyani haqiqatga aylantirishga qaror qilgan.

“Bu albomda “Buyuk urush” deb nomlangan qo‘shiq bor. U Birinchi jahon urushidagi dahshatli voqealarga ishora qilib yozilgan. Qo‘shiq meni Silviya Platning “Dada” she’ri haqida o‘ylab ko‘rishga undadi. Undagi tarixiy og‘riq va urushning metafora sifatida o‘zlashtirilishi (sevgi va yo‘qotish) ajoyib. So‘ngra men boshqa adabiy parallellar haqida o‘ylay boshladim va bu yo‘nalish shundan kelib chiqdi”, deb tushuntirdi Makkauslend.

Bildirilishicha, bu Yevropada ochilgan Svift ijodini o‘rganuvchi birinchi kurs. Ammo uning she’riy naqoratlari allaqachon Qo‘shma Shtatlardagi bir nechta kollejlarda o‘qitilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, shu yil yozda Amerika pop musiqasining ikki yorqin yulduzi – Teylor Svift va Beyonse o‘zlarining gastrollari bilan Amerika shaharlariga katta foyda keltirmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

kurs universitet lirika Teylor Svift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made