O‘zbekistonda valyuta kursini hisoblash tartibi o‘zgaradi
Jamiyat
−
15:55 2807 1 daqiqa
Joriy yil 15 sentyabrdan boshlab ichki valyuta bozorida valyuta almashuv kursini shakllantirish va e’lon qilish amaliyotlari yanada takomillashtiriladi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Qayd etilishicha, endilikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy valyuta almashuv kurslari faqat valyuta birjasidagi bitimlar asosida emas, balki banklararo birjadan tashqari bozorda tuzilgan bitimlarni ham inobatga olgan holda hisoblanadi.
Xususan, rasmiy kurs birja va birjadan tashqari tuzilgan bitimlarning o‘rtacha tortilgan kursi asosida shakllantiriladi.
Regulyatorga ko‘ra, bu rasmiy almashuv kursini hisoblashda ichki valyuta bozoridagi bitimlarni kengroq qamrab olish va bozor holatini yanada aniq aks ettirish imkonini beradi.
Shuningdek, dam olish kunlari, shu jumladan shanba va yakshanba kunlari uchun oxirgi ish kuni bo‘yicha rasmiy e’lon qilingan kurslardan foydalanish amaliyotiga o‘tiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ichki valyuta bozorini yanada rivojlantirish va banklarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 2026 yil 10 avgustdan boshlab valyuta birjasidagi savdolar vaqti uzaytirilgandi.
Live
Barchasi