Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi universitetni borib ko‘rdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 5 oktyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Saida Mirziyoyevaning bildirishicha, hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual ta’lim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilg‘or innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda.

“Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga o‘z-o‘zidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noan’anaviy g‘oyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing