Endi Rossiya Litva vazirini ham qidiruvga berdi
Olam
−
14 fevral
6159Litva Tashqi ishlar vazirligi o‘lkaning Madaniyat vaziri Simonas Kayris va boshqa siyosatchilar qidirilayotgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasiga norozilik bildirdi. Bu haqda Respublika tashqi siyosat boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Simonas Kayris ham Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas kabi sovet askarlari yodgorliklarini vayron qilishda ayblanmoqda.
Bu holatga esa, Litva tomoni munosabat bildirib, Rossiyaning mamlakatdagi vakilini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirgan.
“14 fevral kuni Rossiyaning Litvadagi elchixonasi vakili Litva Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi, unga Rossiya Federatsiyasining litvalik siyosatchilar, davlat xizmatchilari va boshqa fuqarolarini o‘zlarining bevosita xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida qabul qilgan qarorlari uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qarorlari munosabati bilan keskin norozilik bildiruvchi diplomatik nota taqdim etilgan”, deyiladi TIV saytida e’lon qilingan bayonotda.
Litva Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi tomonidan ko‘rilayotgan choralar xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga zid deb hisoblaydi. Shuningdek, vazirlik Moskvani mansabdor shaxslarni qidiruvga berish qarorini bekor qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litva Ta’lim, fan va sport vaziri Gintautas Yakshtas qo‘shni Latviya va Estoniya misolida o‘rta maktablarda rus tilida o‘qitishdan bosqichma-bosqich voz kechishni taklif qilgan edi, joriy yilning 7 fevral kuni esa Latviya, Litva va Estoniya muvaqqat ishlar vakillari Rossiyada prezidentlik saylovlarini o‘tkazish masalasi yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr