Rossiya mamlakatdagi 3 davlat diplomatlarini “tuzladi” (video)
Olam
−
07 fevral
17478Latviya, Litva va Estoniya muvaqqat ishlar vakillari Rossiyada prezidentlik saylovlarini o‘tkazish masalasi yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik diplomatlarga o‘z mamlakatlari rasmiylari Moskvaning mart oyida Vilnyus, Riga va Tallindagi saylov uchastkalarida ovoz berish paytida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha so‘rovlariga javob bermaganini tanqid qilgan.
Ularga 1961 yilda qabul qilingan Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga rioya qilishi zarurligi uqtirilgan. Qonunga ko‘ra, qabul qiluvchi davlatlar diplomatik vakolatxonalarni himoya qilish choralarini ko‘rishi kerak.
"Shu munosabat bilan biz Latviya, Litva va Estoniya hukumatlaridan saylovchilarning, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi elchixonalari xodimlarining ovoz berish davrida xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishni talab qildik", deyiladi manbada.
TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga ko‘ra, saylov paytida yuzaga keladigan qiyinchiliklar rossiyaliklarning huquqlari buzilishiga olib keladi va jiddiy norozilikka sabab bo‘ladi. Agar Latviya, Litva va Estoniya tomonidan buzg‘unchilik davom etsa, Moskva qat’iy harakat va choralarini amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni Isroilning Moskvadagi elchisi Simona Galperin Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilib, uning faoliyati ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan diplomatik missiyaning o‘ta muvaffaqiyatsiz boshlanishi ekani ta’kidlangan.
LiveBarchasi