Litva vaziri mamlakatda rus tilidan butunlay voz kechishni taklif qildi

Olam

image

Litva Ta’lim, fan va sport vaziri Gintautas Yakshtas qo‘shni Latviya va Estoniya misolida o‘rta maktablarda rus tilida o‘qitishdan bosqichma-bosqich voz kechishni taklif qildi.

“Qo‘shni latviyaliklar va estonlar nafaqat rus tilida o‘qitiladigan maktablarni yopdi, balki rus tilini chet tili sifatida o‘rgatmaslikka qaror qilishdi. Aftidan, biz qo‘shnilarimizdan o‘rnak olishimiz kerak. Biz milliy ozchiliklarni tarbiyalash uchun Yevropa Ittifoqi tillariga e’tibor qaratishimiz kerak. Bu borada boshqa davlatlar bilan ham ikki tomonlama kelishuvlarga erishish mumkin, masalan, Ukraina bilan", degan Gintautas Yakshtas  mahalliy radiodagi eshittirishda.

Unga ko‘ra, Litva Ta’lim, fan va sport vazirligi bir necha hafta ichida rus tilidagi ta’limdan voz kechish loyihasini taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir Boltiqbo‘yi mamlakati bo‘lmish Latviya minglab ruslarni o‘lkadan chiqarib yuborishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Litva rus tilidan voz kechish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing