Endi ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Jinoyat kodeksiga ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida da’vat qilganlik uchun javobgarlik kiritildi. O‘zbekiston Prezidenti kecha, 30 mart kuni tegishli qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, mazkur qilmishni sodir etgan shaxslar BHMning100 baravaridan 300 baravarigacha jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar o‘sha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki OAV, telekommunikatsiyalar tarmoqlari, internetdan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidentini internetda haqoratlaganlik va unga tuhmat qilganlik uchun hamda Omma oldida qonunchilikka bo‘ysunmaslik yoki uni buzishga da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tartibsizlik

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing