Albaniyada tartibsizlik boshlandi: talabalar ta’lim sifatidan norozi (video)

Olam

−

image

Albaniyada ta’lim sifati, oliy ta’lim xarajatlari va ish bilan ta’minlanish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan talabalar namoyishi to‘qnashuvlar bilan yakunlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, namoyish kecha, 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Hodisa davomida politsiya bir necha nafar namoyishchini qo‘lga olgan. Talabalar namoyishni universitetlardagi sharoitlar, oliy ta’lim narxining qimmatligi, moliyaviy yordam va o‘qishni tamomlagandan keyin ish topish imkoniyatlari bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratish maqsadida tashkil qilgan.

Ayrim namoyishchilar esa mamlakatdagi tengsizlik va hukumat siyosatidan noroziligini bildirgan. Namoyish ishtirokchisi Luljeta Kola Albaniyada chuqur ijtimoiy adolatsizlik mavjudligi, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut kattaligini bildirib, tizimni tubdan o‘zgartirish kerakligini aytgan.

Albaniya Bosh vazirining o‘rinbosari Albana Kochiu esa Facebook sahifasida zo‘ravonlik muammolarni hal qilish vositasi emasligini bildirgan. Uning bildirishicha, davlat muassasalariga hujum qilish, politsiyaga qarshilik ko‘rsatish va jamoat mulkiga zarar yetkazish yoshlarning o‘z fikrini ifoda etish usuli bo‘lmasligi kerak.

Namoyish Yevropada talabalar faolligi kuchayib borayotgan bir paytda o‘tkazilgan. Xususan, Fransiyada ham maktab o‘quvchilari o‘qituvchilar sonini ko‘paytirish va ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni yaxshilash talabi bilan namoyishlar o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belgiyaning Bryussel shahrida hukumatning byudjetni qisqartirish rejasiga qarshi o‘tkazilgan namoyishlar vaqtida politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz bergani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing