AQSH Ukrainadagi tartibsizliklar xavfidan ogohlantirdi
Olam
−
12:19 1076 2 daqiqa
AQSH Davlat departamenti amerikaliklarni Ukrainada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklardan ogohlantirdi. Muassasa saytidagi yangilangan bildirishnomaga ko‘ra, AQSH o‘z fuqarolariga ushbu mamlakatga safar qilmaslikni tavsiya etmoqda.
Departament amerikaliklar uchun tavsiyalarni yangilab, xavf-xatarlar qatoriga “fuqarolik tartibsizliklari”ni ham kiritgan. Tavsiyalar kecha, 28 avgust kuni to‘ldirilgan. Shu bilan birga, umumiy ogohlantirish darajasi o‘zgarmagan va maksimal darajada qolmoqda – “Level 4: Do Not Travel” (Sayohat qilmaslik).
Muassasa allaqachon Ukrainada bo‘lib turgan amerikaliklarga vaziyatning o‘zgarishini kuzatib borishni va zarur bo‘lganda hududni tezda tark etishga tayyor turishni tavsiya qiladi. Shuningdek, ularga havo havfi signallariga e’tibor qaratish, eng yaqin boshpanalar joylashuvini bilish va namoyishlar hamda odamlar gavjum joylardan yiroq bo‘lish maslahat berilmoqda.
AQSHning Kiyevdagi elchixonasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, biroq uning xodimlari poytaxtdan tashqariga chiqishda cheklangan. Amerika davlat organlari xodimlariga Kiyevdan tashqariga chiqish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinadi. Davlat departamenti ularning oila a’zolariga Ukrainada bo‘lishga ruxsat bermaydi.
Bildirishnomada, shuningdek, Ukraina havo hududi Amerika fuqarolik aviatsiyasi uchun yopiqligicha qolayotgani aytiladi. Ayrim hududlarda harbiy holat cheklovlari, jumladan, komendantlik soati va hujjatlarni tekshirish tartibi amal qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya harbiylari Ukraina hududidagi bir qator ob’ektlarga zarba bergani haqida xabar berilgan edi. Hujumlar oqibatida Zaporoje shahridagi “Epitsentr” savdo markazida yong‘in chiqqan, Sumi va Kiyev viloyatidagi “Novaya pochta” logistika markazlari zararlangan.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust