Endi navbat Vuchichgami? Serbiya rahbari kasalxonaga tushgani aytildi
Olam
−
28 aprel 2023
6212Bugun, 28 aprel kuni Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning zudlik bilan Belgraddagi kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu haqda “EurAsia Daily” xabar berdi.
Prezidentning qanday kasallik bilan og‘rigani haqida ma’lumotlar ochiqlanmadi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay Prezidentning o‘zi bu xabarlar haqiqatdan yiroq ekanini, o‘zini yaxshi his qilayotgani va mamlakat bo‘ylab rejalashtirilgan safarini bekor qilmoqchi emasligini aytdi.
“Menda hammasi yaxshi, bugun men Zayecharskiy tumaniga rejalashtirilgan sayohatga ketyapman”, deyiladi Aleksandr Vuchichning mahalliy televideniyeda e’lon qilingan bayonotida.
Serbiya Bosh vaziri Ana Brnabich esa davlat rahbarining kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar ortidan o‘zining siyosiy raqiblarini “prezidentning o‘limini tilaganlikda” ayblagan.
Ma’lumot uchun, 53 yoshli Aleksandr Vuchich 2017 yilning may oyida Serbiya Prezidenti bo‘lgan. Bungacha u Bolqon mamlakati Bosh vaziri lavozimida ishlagan. 2019 yilda Vuchich yurak-qon tomir kasalligi tufayli kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ham sog‘ligi yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgan, rasmiy Anqara esa buni rad etgan edi.
LiveBarchasi