Emina Erdo‘g‘an taklifiga ko‘ra, “Xalqaro chiqindilarsiz kun” joriy qilindi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasiga o‘tgan yili Turkiya tomonidan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanish rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha kiritilgan taklifga ko‘ra, 30 mart "Xalqaro chiqindilarsiz kun", deb e’lon qilindi. 

Ma’lumot uchun, ushbu loyiha "Zero Waste" (nol chiqindi) deb ataladi. Undan maqsad isrofgarchilikning oldini olish, resurslardan samaraliroq foydalanish, sabablarini ko‘rib chiqish orqali chiqindilar paydo bo‘lishining oldini olish yoki minimallashtirish hamda chiqindilarni alohida yig‘ish va qayta tiklash hisoblanadi.

Chiqindilarsiz falsafa nafaqat boshqa sohalar, balki turk oshxonasining ham ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. U o‘simlik va hayvonot materiallarining barcha elementlaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni taklif qiladi. Tabiiy va organik materiallardan tayyorlangan taomlar, vegan va vegetarian taomlari uzoq vaqtdan beri turk dasturxonlarida asosiy o‘rinni egallagan. Turk oshxonasi xilma-xil turdagi deyarli har bir taomida mahsulotlarni isrof qilmasdan ishlatishga chaqiradi. 

Mamlakat, shuningdek, milliy barqaror turizm dasturini shakllantirish bo‘yicha Global Barqaror Turizm Kengashi (GSTC) bilan hamkorlik shartnomasini ham imzolagan. Kelishuv doirasida kelgusi uch yil ichida turizm sanoatini qayta qurishni maqsad qilgan Turkiya, hukumat bilan barqaror turizm bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqqan. O‘tgan yili boshlangan dastur mahalliy aholi uchun ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarni maksimal darajada oshirish, madaniy merosni ko‘paytirish, atrof-muhitning ifloslanishini oldini olish va resurslarni tejash bilan birga bioxilma-xillik, ekotizimlar va tabiiy go‘zallikni muhofaza qilish vazifalarini maqsad qilib olgan.

Ma’lumot uchun, chiqindilarni qayta ishlash, odamlarda chiqindini to‘g‘ri tashlash madaniyatini yuksaltirish va dunyoni zaharlanishdan qutqarish yo‘lidagi loyiha muallifi Turkiya Respublikasining Birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an hisoblanadi. 

Birinchi xonim tashabbusi bilan Turkiyada “Nol chiqindi” loyihasi boshlandi. Bu loyiha orqali avvalo dunyoni chiqindilardan tozalash, buning ortidan esa ularni to‘plab, qayta ishlash maqsad qilindi. 

Chiqindilardan sanoat uchun xom ashyo tayyorlanadi. Qayta ishlash imkoni bo‘lmaganlari esa energetika sohasiga yo‘naltiriladi. Ushbu loyihani amalga oshirish avval davlat tashkilotlaridan boshlandi.

Ilk qadam Turkiya Respublikasi Prezidenti saroyida tashlandi. Saroyga maxsus chiqindi qutilari o‘rnatildi. Plastik chiqindilar uchun, qog‘oz chiqindilar, qolaversa, oziq-ovqat qoldiqlari uchun alohida qutilar hozirlandi. Keyin bu amaliyot boshqa tashkilotlarda ham amalga oshirildi. Ayni vaqtda mamlakatdagi 21 mingdan ortiq tashkilotda “Nol chiqindi” loyihasining maxsus chiqindi qutilari mavjud. 

Turkiy davlatlar tashkilotining 10-11 noyabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilgan 9-sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an hamrohlik qildi.

Tashrif doirasida Emina Erdo‘g‘an O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga portret sovg‘a qildi. Ushbu portretda xonim Mirziyoyevaning surati aks etgan bo‘lib, u minglab buyumlar bo‘laklaridan tayyorlangan. 

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

Teglar

BMT Emina Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing