Embraer Legacy bortidagilarning Prigojinga qanday aloqasi borligi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

 Kecha, 23 avgust kuni Rossiya Federal havo transporti agentligi Tver viloyatida halokatga uchragan Embraer Legacy samolyoti bortida bo‘lganlarning ismlarini e’lon qildi. “Izvestiya” ularning kimligini va “Vagner” egasi Yevgeniy Prigojin bilan qanday bog‘liqligini aniqladi.

O‘lgan deb e’lon qilinganlardan biri Valeriy Chekalov “Yevro polis” MCHJ egasi, shuningdek, Prigojinning sherigi bo‘lgan. Uning do‘sti Vladimir Bagayevning aytishicha, ular ilgari harbiylarga oziq-ovqat yetkazib berishda birga ishlagan, keyinchalik ishdan tashqari ham suhbatlashib turgan. Chekalov va Bagayev oxirgi marta o‘tgan yili Qrimda uchrashgan. Bagayev Chekalovning faoliyati haqida batafsil gapira olmagan, shuningdek, uning o‘limini ham tasdiqlamagan.

Dmitriy Utkin – “Vagner” qo‘mondoni, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabining Rossiya maxsus kuchlari ofitseri, u zaxiradagi podpolkovnik va to‘rtta "Jasorat" ordeni sohibi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilda u Rostov-na-Don yaqinida harbiy o‘quv bazasini tashkil qilgan va o‘z bo‘linmasi qo‘mondoni bo‘lgan. Keyinchalik, uning chaqiruv belgisiga ko‘ra, u "Vagner" nomini olgan.

Taxminlarga ko‘ra vafot etganlardan biri Sergey Propustin. Ukrainaning "Mirotvorets" xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, u “Vagner” a’zosi va razvedchik-granatometchik bo‘lgan. Tashkilotdagi ishtirokini uning jiyani Anastasiya Propustina tasdiqlagan. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, hozircha ularga qarindoshining o‘limi haqida xabar berilmagan.

O‘lganlarning dastlabki ro‘yxatida tilga olingan Yevgeniy Makaryan va Aleksandr Totminning ham “Vagner” bilan aloqasi bor. Ba’zi Internet resurslarida ular xususiy harbiy kompaniya xodimlari sifatida ko‘rsatilgan.

Embraer Legacy samolyotining uch ekipaj a’zosi – samolyot komandiri Aleksey Levshin Sankt-Peterburglik, ikkinchi uchuvchi Rustam Karimov, taxminlarga ko‘ra, Permdan, styuardessa Kristina Raspopova esa Yekaterinburgdan.

Ikkinchi uchuvchining rafiqasi Anastasiya Karimovaga turmush o‘rtog‘ining o‘limi haqida xabar berilganini tasdiqladi. U eri bilan oxirgi marta fojia yuz bergan kuni soat 17:30 lar atrofida gaplashgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Embraer Legacy samolyoti havoga ko‘tarilganidan 26 daqiqa o‘tib radarlardan g‘oyib bo‘lgan. U Moskvadagi Sheremetevo aeroportidan Sankt-Peterburgdagi Pulkovoga uchgan. Shundan so‘ng, bort radardan g‘oyib bo‘lgan va ekipaj dispetcherning bir nechta qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 avgust kuni Tver viloyatidagi aviahalokat ma’lum bo‘lgan эди. Tergov qo‘mitasi Favqulodda holat fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evgeniy Prigojin Tver'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing