Rossiyada o‘zbekistonliklarni soxta ro‘yxatga qo‘ygan ayol ushlandi

Olam

−

image

Rossiyaning Tver viloyati Udomlya shahrida 63 yoshli ayolga migrantlarni o‘z uyiga soxta ro‘yxatga qo‘ygani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosini o‘z uyiga soxta ro‘yxatga qo‘yish evaziga pul olgan. Tekshirish chog‘ida ma’lum bo‘lishicha, ro‘yxatga olingan fuqarolar aslida uning uyida yashamagan. Tergovchilar uning xatti-harakatlarida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.3-moddasi – chet el fuqarosini soxta ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha jinoyat mavjudligini aniqlagan.

“Ayolni besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo kutmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Kirov tumanida o‘zbekistonlik erkak 15 kilogramm “gashish” bilan qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing