Elchixonadagi teraktdan bir yil o‘tib, Ozarbayjon diplomatlari Tehronga qaytadigan bo‘ldi

Olam

image

Ozarbayjon diplomatining o‘limi bilan nihoya topgan teraktdan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tib, Ozarbayjon Tehronga elchi yuborishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Jiddada Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv tafsilotlari haqida jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

Eron rasmiysining ta’kidlashicha, uchrashuv chog‘ida Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi xodimini o‘ldirgan shaxs ustidan o‘tkazilgan sud jarayonining natijalari muhokama qilingan.

“Ozarbayjonlik hamkasbim bilan uchrashuvda Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi xodimini o‘ldirgan shaxs ustidan o‘tkazilgan sud jarayoni yakunlarini muhokama qildik va Ozarbayjon Respublikasi diplomatik delegatsiyasini Eronga yuborish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish haqida kelishuvga erishdik”, degan  Abdullohiyon.

Ta’kidlash joizki, 2023 yilning 27 yanvar kuni Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga hujum qilingan. Diplomatik missiya binosiga ikki kishi kirib kelgan, ulardan biri eshikni ochgan, shundan so‘ng avtomat ko‘targan odam ichkariga yugurib kirib, o‘q otishni boshlagan. Oqibatda bir kishi – diplomatik missiya xavfsizlik xizmati rahbari O‘rxon Askerov halok bo‘lgan. Ikki elchixona qo‘riqchisi ham yaralangan. Oradan ikki kun o‘tib, 29 yanvar kuni esa mamlakatning Tehrondagi elchixonasi xodimlari va ularning oila a’zolari – jami 53 kishi Bakuga evakuatsiya qilingandi. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. Surishtiruv chog‘ida u bunga shaxsiy va oilaviy muammolar sabab bo‘lganini aytgan. Keyinroq u o‘lim jazosiga hukm qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ozarbayjon Elchixona diplomat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing