Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga hujum qilgan shaxs o‘limga hukm qilindi

Olam

image

Eron sudi yanvar oyida Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga hujum uyushtirgan jinoyatchini o‘limga hukm qildi. Bu haqda Ozarbayjonning “Report” axborot agentligi xabar berdi.

Mazkur hukm Eron fuqarosi Yasin Huseynzodaga chiqarilgan. Qatl qachon amalga oshirilishi ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 yanvar kuni Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga hujum qilingan. Diplomatik missiya binosiga ikki kishi kirib kelgan, ulardan biri eshikni ochgan, shundan so‘ng avtomat ko‘targan odam ichkariga yugurib kirib, o‘q otishni boshlagan. Oqibatda bir kishi — diplomatik missiya xavfsizlik xizmati rahbari O‘rxon Askerov halok bo‘lgan. Ikki elchixona qo‘riqchisi ham yaralangan.

Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. Surishtiruv chog‘ida u bunga shaxsiy va oilaviy muammolar sabab bo‘lganini aytgan. Metropolitan politsiyasi rahbari Sardor Husayn Rahimiyning aytishicha, hujumchi ikki yosh bolasi bilan elchixona binosiga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qurolli hujumni qoralab, uni terakt deb atagan va zudlik bilan tergov qilinishini, aybdorlarning jazolanishini talab qilgandi. 29 yanvar kuni esa mamlakatning Tehrondagi elchixonasi xodimlari va ularning oila a’zolari – jami 53 kishi Bakuga evakuatsiya qilingandi. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov jurnalistlarga elchixona diplomatik faoliyatini to‘liq to‘xtatganini, biroq Tabrizdagi bosh konsullik normal faoliyat yuritishda davom etishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ozarbayjon elchixona Tehron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing