Ekologiya bo‘limi boshlig‘ini otgan brakoner va uning hamtovog‘iga jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
18 iyul 2023
4762Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida xizmat vazifasini olib borayotgan inspektorga o‘q uzgan brakoner va uning sherigi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2 nafar fuqaro ov qilish qoidalarini qasddan buzib, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jayronlarni ovlayotgan vaqtida ularni to‘xtatmoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi xodimiga o‘q uzib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat bo‘yicha Qorovulbozor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 202 (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) - moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor xizmat vaqtida brakoner tomonidan o‘q uzilishi oqibatida qo‘lidan yaralangandi. Shundan keyin, Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov voqea joyidan yashiringan brakoner qo‘lga olinganinini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi