“Yog‘ni kamroq sol”. O‘zbekistonda yog‘ narxi nega oshayotgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning mart-aprel oylarida kungaboqar va paxta yog‘larining narxi keskin oshib ketdi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati O‘zbekiston bozorlarida o‘simlik yog‘i narxining keskin ko‘tarilib ketgani bo‘yicha izoh berdi.

Qayd etilishicha, holatdan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda o‘simlik yog‘i mahsulotlari narxlari o‘zgarishi tahlil qilib borilmoqda.

“Ichki bozorlarda narxlar keskin o‘sishiga birinchi navbatda tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta’sir etdi.

O‘z navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog‘i va urug‘i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog‘i narxlariga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.

Qo‘mitaga ko‘ra, o‘rganishlar natijasida mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif yetarli darajada. 

“Yuqoridagilarga asosan, ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rayotganligi ma’lum qilinadi”, deyiladi bayonotda.  

Ta’kidlanishicha, bozorlarda yiliga iste’mol uchun 300 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i talab etiladi. Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilda 450 ming tonnadan ziyod o‘simlik yog‘i iste’mol uchun muomalaga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning oktyabr oyida QALAMPIR.UZ’da O‘zbekistonda o‘simlik va paxta yog‘i, ularga hamohang tarzda mol va parranda go‘shti narxi oshishi ehtimoli mavjudligi haqida tahliliy maqola e’lon qilingan edi.

 

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi yog'

Baholaganlar

1339

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing