Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi aniqlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan xonadonlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi. 

Aniqlanishicha, departamentning Shahrisabz shahri, tumani va Kitob tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. 

Unda fuqarolar Z.N., S.I. va boshqalar o‘z uylarining yordamchi xo‘jaligida tashkil etgan yashirin sexlarda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotgani aniqlangan. Ushbu xonadonlardan jami 274 litr qo‘lbola yog‘, 421 kg chigit, 5 dona elektr dvigatel, juvoz uskunalari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 300 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolingandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo yog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing