“Tolibon” endi O‘zbekistonning yog‘ini ham qaytarib yubordi
Olam
−
18 yanvar
34328Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati O‘zbekistondan import qilingan 1680 ta qutidagi yog‘ni sifatsiz deb topib, ortga qaytarib yubordi. Bu haqda "Tolibon"ning milliy oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tegishli chora Balx viloyati Milliy oziq-ovqat va ziravorlar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan. Ular Hayraton portidan talab qilinadigan standartlarga javob bermagan 1680 ta qutidagi 5 litrli yog‘ni qabul qilmagan.
Bundan tashqari, “Tolibon”ning milliy standart boshqarmasi Hayraton portidan 62 tonnadan ortiq sifatsiz neft O‘zbekistonga qaytarilganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida ham “Tolibon” 67 ta sisternadagi, sentyabrda esa bir vagon O‘zbekiston neftini sifatsizligi sabab qaytarib yuborganini aytgandi. “O‘zbekneftgaz” esa “Tolibon”ning da’volarini rad etib, O‘zbekistondan jo‘natilgan neft sifatli ekanini ta’kidlagan.
LiveBarchasi