Kuzda qanday ovqatlanish kerak?
Salomatlik
−
25 Oktabr 2021
7434Havo harorati tusha boshlaganda, ovqatlanish ratsionini qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Bu haqda diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Aleksey Kovalkov ta’kidladi.
Shifokorga ko‘ra, yozda ratsionda sabzavot va mevalar ko‘p bo‘lishi kerak, ammo sovuq boshlanishi va havo harorati tushishi bilan ko‘proq yog‘li ovqatlar iste’mol qilish zarur.
“Yozda yog‘ miqdorini kamaytirish kerak, qishda esa aksincha. Yurish paytida oyoqlarning mushaklarida yog‘lar yonadi, ular harakatga sarflanadi. Og‘izdan bug‘ chiqqanda, bu yog‘larning yonishidan chiqadigan issiqlikdir. Bundan tashqari, hayvon yog‘lari o‘pka va bronxlarni qoplaydigan va bakteriyalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qiladigan sirt faol moddalar kompleksini hosil qiladi”, deb tushuntirgan u.
Diyetologga ko‘ra, oziq-ovqat piramidasida yog‘lar va oqsillar yilning istalgan vaqtida uglevodlardan ustun bo‘lishi kerak.
U oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning ideal ratsionda qanday nisbatda bo‘lishi kerakligini aytgan.
“Kuniga kamida 70 gramm oqsil bo‘lishi kerak, keyingi hisob-kitob tana vazniga 1,2 grammdan to‘g‘ri keladi. Har xil turdagi oqsillarni almashtirish kerak, ular tovuq, kurka, mol go‘shti, dengiz mahsulotlari, baliq bo‘lishi mumkin. Uglevodlar kuniga kamida 50-60 gramm, maksimal 110-115 gramm, yog‘lar esa 60-80 gramm bo‘lishi kerak. Bu universal va ideal variant”, deb xulosa qilgan Aleksey Kovalkov.
LiveBarchasi