Dushanbeda Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlari uchrashdi

Jamiyat

image

Avvalroq 14-15 sentyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining an’anaviy beshinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi

Bugun, 13 sentyabr kuni Dushanbeda mazkur sammit oldidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Sputnik Tadjikistan” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin raisligida o‘tgan uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bo‘lajak maslahat uchrashuvining yakuniy hujjatlari, xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilingan. 

Shuningdek, vazirlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining an’anaviy beshinchi maslahat uchrashuvi kun tartibi loyihasini va uning yakuniy hujjatlari ro‘yxatini ko‘rib chiqqan. Uchrashuvda TIV rahbarlari Markaziy Osiyoda hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashgan.

Eslatib o‘tamiz, Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha beshta hujjatdan iborat paket imzolanishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, avvalroq Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Turkmaniston Xalq kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga maktub yo‘llab, uni mazkur sammitga taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Dushanbe Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing