18 yoşdan kiçik tojikistonliklarning xorijda işlaşi taqiqlandi

Olam

−

image

Tojikiston fuqarolari endi xorijga işlaş uçun faqat 18 yoşdan boşlab çiqişlari mumkin. Bu ilk bor mehnat migratsiyasi uçun eng kam yoşni belgilagan yangi “Migratsiya töğrisida”gi qonunda közda tutilgan. Bu haqda 23 oktyabr kuni “Sadoi mardum” gazetasida e’lon qilindi.

Qonunning 16-moddasiga muvofiq, mehnat migratsiyasiga faqat migrantlar huquqlarining himoyasini ta’minlaydigan davlatlarga ruxsat beriladi.

“Aziya-Plyus” naşrining qayd etişiça, yoş böyiça çeklov Tojikistonga işlaş uçun kelayotgan xorijiy fuqarolarga ham taalluqli.

Yangi qonunda Tojikiston fuqarolarining xorijda işga joylaşişi uçun ikkita asosiy yöl nazarda tutilgan. Birinçisi – mustaqil ravişda iş izlaş, ikkinçisi esa fuqarolarni çet elda iş bilan ta’minlaş huquqiga ega agentliklar va boşqa tuzilmalar orqali uyuşgan tarzda işga joylaşiş.

Mustaqil ravişda iş izlayotgan fuqarolarga migratsiya sohasidagi vakolatli davlat organi zarur ma’lumotlarni bepul taqdim etişi şart. Bunda böş iş örinlari, iş haqi miqdori, mehnat şaroitlari, iş beruvçilarning talablari, şuningdek, fuqaro borişni rejalaştirayotgan mamlakatning tartib-qoidalari va qonunçiligi haqidagi ma’lumotlar nazarda tutilgan.

Hozirgi vaqtda qariyb 350 ming nafar Tojikiston fuqarosi mehnat migratsiyasida bölib turibdi. Ularning aksariyati Rossiya, Qozoğiston va MDHning boşqa mamlakatlarida mehnat qilmoqda.

1999 yilda qabul qilingan avvalgi “Migratsiya töğrisida”gi qonunda mehnat migrantlari uçun eng kam yoş belgilanmagan edi. Bu masala qabul qiluvçi davlat qonunçiligi hamda tegişli kelişuvlar bilan tartibga solingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing