Dubayda pasporti olib qo‘yilgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Jamiyat

image

Birlashgan Arab Amirliklarida qiyin ahvolga tushib qolgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar M.U. va D.K. bosh konsullikka qilgan murojaatlarida BAAga yolg‘on va’dalarga ishonib kelib qolganlarini va ish beruvchi tomonidan doimiy ravishda tazyiq o‘tkazilayotganini bildirgan. Jumladan, o‘zini ish beruvchi deb atagan shaxs O‘zbekiston fuqarolarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini olib qo‘ygan va turli bahonalarni ro‘kach qilib, qaytarib bermagan.

O‘zbekiston diplomatlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida M.U. va D.K.ning pasportlari qaytarib olingan hamda mamlakatdagi o‘zbekistonlik ko‘ngillilar ularning vatanga qaytishi uchun bepul aviachipta olib bergan. Fuqarolar “Uzbekistan Airways” kompaniyasining Dubay–Toshkent havo qatnovi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, bir necha oy ish haqisiz mehnat qilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgan edi. Ish beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun o‘zbekistonliklarning pasportlarini olib qo‘yib, bir necha oy davomida maoshsiz ishlatgan. Bu ham yetmaganday hujjatlarini qaytarib bermay, noma’lum joyga qochib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Dubay BAA asport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing