Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, maoshsiz ishlagan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
Jamiyat
−
18 iyul 2023
5253Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, bir necha oy ish haqisiz mehnat qilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 12 nafar o‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on ma’lumotlarga ishonib, Chuvashiya Respublikasidagi non va qandolat mahsulotlari sexiga ishlash uchun borgan.
Ish beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun o‘zbekistonliklarning pasportlarini olib qo‘yib, bir necha oy davomida maoshsiz ishlatgan. Bu ham yetmaganday hujjatlarini qaytarib bermay, noma’lum joyga qochib ketgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi, O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi va o‘zbek diasporasi vakillari sa’y-harakati bilan fuqarolar xostelga joylashtirilib, issiq ovqat bilan ta’minlangan.
Shuningdek, agentlik tomonidan 12 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi.
LiveBarchasi