Dori retseptini soxtalashtirganlarga jazo turi kuchaytiriladi

Jamiyat

image
Dori vositalari bo‘yicha o‘zgarish: dorilarni qanday transportda tashish lozim? north_east

Dori vositalari bo‘yicha o‘zgarish: dorilarni qanday transportda tashish lozim?

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish kiritiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining tegishli Qonun loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga asosan endilikda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 2282-moddasida quyidagilar tahrir etiladi:

“Tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslar tomonidan dori vositalariga retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzish, shu jumladan, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalariga retsept olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 592-moddasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

Tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslar tomonidan dori vositalariga retseptlar yozish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzish, shu jumladan, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalariga retsept olish huquqini beruvchi retseptlarni yoki boshqa hujjatlarni soxtalashtirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qonun loyihasi Dori retsepti

Baholaganlar

11

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing