Bojxona qonunlarini buzganlik uchun yengillik kiritilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining tegishli Qonun loyihasida keltirib o‘tilgan. 

Loyihaga asosan hujjat tasdiqlangach Jinoyat kodeksining 182-moddasi quyidagicha shaklga keladi: 

Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish

Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni ko‘p miqdorda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish:

a) juda ko‘p miqdorda;

b) chegarani buzib o‘tish, ya’ni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o‘tkazish yo‘li bilan;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;

g) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, —

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida, ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bojxona to‘lovlarini, shu jumladan bojxona to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyani to‘liq to‘lagan, yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan va tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi cheklangan va taqiqlangan tovarlarni olib o‘tish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat kodeksi Qonun loyihasi

Baholaganlar

47

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing