Namanganda talabalarni “talagan” o‘smir “qaroqchilar” ushlandi (video)

3-sahifa

image

Namanganda 7 nafar voyaga yetmagan o‘smir tengdoshlarining telefoni, puli va soatini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib olgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 13:00 larda Namangan shahrining Dashtbog‘ mahallasi hududida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, Namangan shahri va Yangi Namangan tumanida yashovchi, 2010 yilda tug‘ilgan hamda 2-sonli kasb-hunar texnikumining 1-bosqichida tahsil oluvchi 7 nafar o‘smir – M.A., B.A., I.F., R.S., M.Yo., Z.M. va A.Z. shu texnikumning 1-bosqichida o‘qiydigan T.A., R.N., M.Yo. va Yu.R.larning yonidagi pul, soat va telefonlarni zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan tortib olgan.

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv davomida videotasvirda aks etgan barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan. Shuningdek, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagani ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan talonchilik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida janjal chiqqanӣ haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing