Avtotransportni rasmiylashtirishda to‘lanadigan yig‘imlar kamaytiriladi
Jamiyat
−
14 fevral 2020
9293O‘zbekistonda avtotransport vositalarini sotib olinganligi va O‘zbekiston hududiga vaqtincha olib kirilganligi uchun to‘lanadigan yig‘im pasaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida keltirib o‘tilgan.
Loyiha tasdiqlansa, avtomobil ekspluatatsiyaga chiqarilganidan so‘ng 3 yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, to‘lanadigan yig‘imlar xarid qilish narxining 11 foizidan 4 foizga; 3 yildan 7 yilgacha ekspluatatsiyada bo‘lgan avtomobil uchun 9 foizdan 3 foizga, 7 yildan ko‘proq ishlatilgan avtomobil uchun esa 6 foizdan 2 foizga kamaytiriladi.
Avtotransport vositalarini sotib olinganligi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida avtotransport vositalarining egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to‘lanadigan yig‘im hozirda quyidagicha:
Loyihada esa quyidagicha:
LiveBarchasi