Davlat byudjeti xarajatlari asossiz ravishda qariyb 900 mlrd so‘mga oshirilgan

Jamiyat

image

2021 yil uchun mo‘ljallangan davlat byudjeti harajatlari asossiz ravishda 898,4 mlrd so‘mga oshirilgani aniqlandi. Bu haqda Bu haqda Hisob palatasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi va 2021 yil uchun Byudjetnoma bo‘yicha xulosasida aytib o‘tilgan.

Qonun loyihasining 1-ilovasi bilan 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2022–2023 yillarga byudjet mo‘ljallari ma’lumot uchun qabul qilinishi belgilangan.

Unga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 165 578 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Qonun loyihasining 5-ilovasiga asosan 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdori 135 629,4 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shundan, 10 411,8 mlrd. so‘mi O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi transfertlar tashkil qiladi.

Qonun loyihasining 6-ilovasiga asosan 2021 yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining xarajatlari prognozlari 40 057,8 mlrd so‘mni tashkil etadi (shundan, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar 595,8 mlrd. so‘mni tashkil etadi).

Tahlil natijasida, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning jami xarajatlari prognozi 164 679,8 mlrd so‘mni tashkil etgani holda, qonunning 1-ilovasidagi davlat byudjeti xarajatlari asossiz ravishda 898,4 mlrd so‘mga oshirilgan holda ko‘rsatilganligi aniqlangan.

Hisob palatasi qonun loyihasining 1-ilovasi bilan ma’lumot uchun qabul qilinishi ko‘zda tutilgan Davlat byudjeti xarajatlari miqdorini 898,4 mlrd so‘mga kamaytirishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet Qonun loyihasi

Baholaganlar

47

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing