“Open budget” loyihasining ikkinchi mavsumi boshlandi
Jamiyat
−
15 iyul 1049 1 daqiqa
O‘zbekistonda “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi ikkinchi mavsumi start oldi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi. Vazirlikka ko‘ra, bugun, 15 iyuldan boshlab 3 avgustga qadar tashabbuskor fuqarolar o‘z hududlarini rivojlantirishga qaratilgan taklif va loyihalarini “Openbudget.uz” portali orqali taqdim etishlari mumkin.
Shuningdek, ushbu bosqichda sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni ham ilgari surish imkoniyati mavjud. Bunda fuqarolar o‘z tashabbuslarini boshqa tashkilot yoki homiylar bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun taklif etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyiha topshirish jarayoni yakunlangach, belgilangan tartib asosida saralash va ovoz berish bosqichlari o‘tkaziladi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalar 2026 yil 1 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, “Open budget”ning 1-mavsumi 11 mart kuni boshlangandi.
Dilnura Urinova
Live
Barchasi