“Open budget” boshlandi
Jamiyat
−
11 mart 5310 1 daqiqa
“Tashabbusli byudjet”ning 2026 yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ovoz berish jarayonlari 20 mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Quyidagi yo‘llar orqali ovoz berish mumkin:
“Ochiq byudjet” portalining veb-sahifasi;
portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
Telegram’dagi rasmiy bot yordamida ovoz berish mumkin.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning mart oyidan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ovoz berish jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qilish hamda bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qilish tizimi joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tashabbusli byudjet”ning 2026 yilgi birinchi mavsumi uchun loyiha kiritish bosqichi rasman yakunlangani va ushbu davr mobaynida fuqarolar tomonidan jami 21 049 ta loyiha taklifi taqdim etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel