Dori vositalari bo‘yicha o‘zgarish: dorilarni qanday transportda tashish lozim?

Jamiyat

image

Endilikda dori vositalari va tibbiy buyumlar, ularni sifati, samaradorligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan hamda tashqi muhit ta’siridan saqlovchi transport taralarida tashish shart. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida keltirib o‘tilgan. 

Hujjatga asosan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga kiritilayotgan qo‘shimchalar quyidagicha:

•  Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tashish va saqlashda ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi ta’minlanishi shart. Bunda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tashishda talab qilinadigan transport sharoitlarini ta’minlaydigan, maxsus uskunalar va vositalar (izotermik o‘ram, konteynerlar), shuningdek, zarur harorat rejimini ta’minlaydigan transport vositalaridan foydalanish kerak.

•  Transport vositasi yaxshi texnik va toza holatda tutilishi kerak. Tashish jarayonida unda kerakli harorat, namlik, shuningdek toza havoni ta’minlab turilishi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.

•  Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tashish jarayonida foydalaniladigan asbob-uskunalarga haroratni doimiy ravishda kuzatib boruvchi qurilma bilan jihozlangan refrijerator uskunalari, harorat va namlikni qayd qiluvchi asboblar, termokonteynerlar, konditsioner tizimi, xolodilniklar, xavfsizlik va yong‘in xavfsizligi signalizatsiyalari, havo almashtirish tizimlari kiradi.

•  O‘lchov uskunalariga kiruvchi asboblar foydalanishdan avval, shuningdek ta’mirlangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida birlamchi tekshiruvdan o‘tadi va (yoki) kalibrlanadi, foydalanish jarayonida esa doimiy ravishda tekshirishi va kalibrlanishi lozim.

•  Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tashishda ularning o‘ramlari va tibbiy qo‘llanilishi bo‘yicha yo‘riqnomalarida qayd etilgan saqlash sharoitlariga rioya etilishi kerak.

•  Alohida saqlash haroratini talab etuvchi dori vositalarini tashish haroratni doimiy ravishda kuzatib boruvchi qurilma bilan jihozlangan refrijerator uskunasi yoki termokonteyner bilan jihozlangan transport vositasida amalga oshirilishi kerak.

•  Dori vositalari va tibbiy buyumlar, ularni sifati, samaradorligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan hamda tashqi muhit ta’siridan saqlovchi transport taralarida tashiladi. Tashish jarayonida dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘ramlarga zarar yetishidan, to‘kilishdan, ifloslanishdan (shu jumladan boshqa dori vositalari va dori moddalari bilan) himoyalangan bo‘lishi kerak. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni, tegishli mahsulotlardan tashqari, boshqa turdagi yuklar bilan birga tashish taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror loyihasi Dori

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing