“Madaniyat va ma’rifat” telekanali nomi “Karvon”ga o‘zgartirilishi mumkin
Jamiyat
−
07 aprel 2023
6672“Madaniyat va ma’rifat” telekanalini “Karvon” telekanaliga aylantirish loyihasi e’lon qilindi. Ushbu qaror loyihasi Project.gov.uz portaliga joylashtirilgan.
Mazkur qaror loyihasida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi negizidagi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Karvon” nomi bilan qayta nomlanib, Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufiga o‘tkazilishi belgilangan.
Keltirilishicha, Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufiga o‘tadigan ushbu telekanal Milliy teleradiokompaniya moddiy-texnik bazasidan foydalanish imkoniyatini ham o‘zida to‘liq saqlab qoladi.
Shuningdek, “Karvon” telekanali shtat birliklari soni 2023 yil 1 oktyabrdan 20 foizga, 2024 yil 1 yanvardan qo‘shimcha ravishda 20 foizga oshishi qayd etib o‘tilgan.
2023 yil 1 oktyabrga qadar “Karvon” telekanalini 2024-2025 yillarda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan telekanalni zamonaviy radiotelevizion texnik-texnologik vositalar bilan kompleks ta’minlash belgilangan.
LiveBarchasi