Endi ayollarga ham katta avtobuslarni haydashga ruxsat berilishi mumkin
Jamiyat
−
19 noyabr 2023
5084O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlagan holda ayollarga katta sig‘imli avtobuslarni haydashga ruxsat berilishi mumkin. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Qaror bilan, ayollarga avtotransport sohasidagi kasblarda mehnat faoliyatlarini olib borishi uchun sharoit yaratilishi, xususan, sig‘imi 14 o‘rindiqdan ortiq bo‘lgan avtobuslar (elektrobuslar)ni boshqarish bo‘yicha amaldagi taqiq bekor qilinishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, bugungi kunda yo‘lovchi tashish uchun jalb qilinayotgan avtobus va elektrobuslar o‘zining zamonaviyligi va boshqarishda qulayligi bilan ayollarga ham hech qanday ortiqcha qiyinchilik va jismoniy zo‘riqishlar tug‘dirmaydi.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 27-bandiga ko‘ra, “C” yoki “D” toifalariga oid avtotransport vositalarini boshqarish uchun ayollarga yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan belgilangan muayyan cheklashlar (avtomobillarning yuk ko‘tarishi 2,5 t dan, avtobusda yo‘lovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi.
Amaldagi qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 5-bandi bilan esa ayollarni “BC” va “D” toifalariga tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan va avtobuslarning yo‘lovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak.
LiveBarchasi