Dog‘istonda yana 4 kishi hibsga olindi (video)
Olam
−
01 aprel
9243Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”ga hujum uyushtirishda gumonlanayotganlarni pul va qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan xorijiy fuqarolardan iborat guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda bugun, 1 aprel kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 31 mart kuni boshlangan aksilterror operatsiyalari davomida Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston respublikasidagi xavfsizlik xodimlari Kaspiysk shahrida odamlar to‘planadigan joylarda terrorchilik harakatini uyushtirishni rejalashtirgan to‘rt nafar xorijiy fuqarolardan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘ygan.
Qo‘lga olinganlar 22 mart kuni “Krokus Siti Holl” konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakatini moliyalashtirish va ularni terrorchilik vositalari bilan ta’minlashda bevosita ishtirok etgani aniqlangani aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ular hududda razvedka amaliyoti o‘tkazib, qo‘lbola portlovchi qurilma yasagan va avtomatik qurollarga ega bo‘lgan. Teraktdan so‘ng darhol Rossiyani tark etishni reja qilgan, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 mart kuni Dog‘istonda maxsus xizmatlar aksilterror operatsiyasini o‘tkazgan edi. Ushbu tezkor tadbir davomida uch nafar qurolli shaxs qo‘lga olingan.
LiveBarchasi