Firmalarga mashhurlar nomini berish mumkinmi? DXA izoh berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Samarqand shahrida AQSHning yangi Prezidenti Jo Bayden nomi bilan korxona ochilgani haqida xabar bergan edik.

Davlat xizmatlari agentligi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi vakolatli organ sifatida tadbirkorlik sub’ektlarining firma nomlarida mashhur shaxslarning nomlaridan foydalanilayotganligi haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi.

Birinchi navbatda qayd etilishicha, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga asosan, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati sub’ekti firma nomiga bo‘lgan huquqqa ega, bu nomni uning o‘zi mustaqil ravishda belgilaydi va o‘z ta’sis hujjatlarida ko‘rsatadi.

Ikkinchidan, 2017 yil 1 apreldan boshlab tadbirkorlik sub’ektlari Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali (o‘zi kelgan holda yoki onlayn usulda) davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida:

•    davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;
•    tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
•    firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
•    jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.

To‘rtinchidan, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan firma nomlarida ishlatilishi mumkin bo‘lmagan so‘zlardan foydalanish bo‘yicha cheklovlar qo‘yildi. Ushbu ro‘yxat mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda yangilanib boriladi.

“So‘nggi kunlarda muhokamaga sabab bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining firma nomlari, tadbirkorlar bilan olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng, belgilangan tartibda o‘zgartirildi.

O‘z navbatida, tadbirkorlardan firmalariga nom tanlashda, uni o‘zgartirishda yuqoridagi qonun talablariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi DXA xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 yanvar kuni Vashingtonda AQSH Prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamola Harrisning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, Bayden rasman AQSHning 46-prezidenti bo‘ldi

Bayden Prezident bo‘lishi bilan musulmonlarga oid farmon imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

DXA

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing