Qo‘shfamiliyali fuqarolarning farzandiga familiya qay tartibda beriladi?

Jamiyat

−

image

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining FHDYOlar faoliyatiga doir qarori bilan nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat etilishi haqida xabar bergan edik.

Bu yangilik odamlarda tabiiy bir savolni yuzaga keltirdi: Qo‘shfamiliyaga ega bo‘lganlar farzandli bo‘lgandan keyin farzandiga familiya berish tartibi qanday bo‘ladi?

Davlat xizmatlari agentligi bu savolga javob berdi. Unga ko‘ra, Oila kodeksining 69-moddasiga asosan bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. 

Shuningdek, ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing