Toshkentdagi tug‘ruqxonalarning 14 nafar mansabdori jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Davlat xizmatlari agentligi yanvar oyida Toshkent shahridagi bir qator tibbiyot muassasalari, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy markazi, Toshkent shahar perinatal markazi, 4-son va 5-son shahar klinik shifoxonalarining tug‘ruq bo‘limlari hamda 9 ta shahar tug‘ruq komplekslarining tibbiy ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish va FHDYO bo‘limlariga yuborish holati o‘rganildi.

Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, buning natijasida jami tug‘ilganlik haqidagi 703 ta hamda perinatal o‘lim bo‘yicha 3 ta ma’lumotnoma tizimga kiritilmagani aniqlangan. Qolaversa, tug‘ilganlik haqidagi 888 ta ma’lumot belgilangan muddatdan kechikib kiritilgani qayd etildi.

Xususan, tug‘ilganlik haqidagi 390 ta, perinatal o‘lim haqidagi 3 ta ma’lumotlar axborot tizimiga kiritilmagan bo‘lsa, tug‘ilganlik haqidagi 888 ta ma’lumotlar belgilangan muddatdan kechiktirilib kiritilgan. 

Misol uchun, Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi tomonidan 2021 yil 9 yanvarda tug‘ilgan fuqaro L.S.ning bolasi haqidagi ma’lumot 11 kundan keyin, ya’ni 21 yanvarda FHDYO bo‘limiga yuborilgan.

Ma’muriy reglamentga ko‘ra, bola tug‘ilgan joydagi tibbiyot muassasasi xodimi bola tug‘ilgandan so‘ng 1 kun ichida bola va ota-onasi haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritishi hamda ma’lumotlarni avtomatik tarzda “FHDYO yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuborilishi va QR-kod qo‘yilgan blankda ma’lumotnoma shakllantirilishi belgilangan.

Shuningdek, tibbiyot muassasalari tomonidan muddat o‘tib ketgan bo‘lsada, ayrim tibbiy ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritilmaganligi aniqlandi. 

Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi tomonidan esa, tug‘ilishi qayd etilgan 313 nafar bolaning tibbiy ma’lumotlari axborot tizimiga kiritilmagan va FHDYO bo‘limiga yuborilmagan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan, 14 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima jazo chorasi qo‘llanildi.


Maqola muallifi

Teglar

DXA tug'uruqxona

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing