Farg‘onada 19 yoshli qiz chaqalog‘ini hojatxonada polga tashlab ketdi. Bola vafot etdi 

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Quva tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limida yangi tug‘ilgan chaqaloq polisintetik xaltaga solinib, yerga tashlab qo‘yilgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, 2005 yil Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan D.U. joriy yilning 31 mart kuni Quva tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limiga “Homiladorlik-1, tug‘uruq-1, 28 hafta, erta tug‘ish xavfi” tashxisi bilan murojaat qilgan.

Bemor homiladorlik bilan Toshloq tumanida dispanser nazoratida turmagan va homilani yashirib yurgan. Tug‘uruq 1 aprel kuni soat 08:45 larda amalga oshirilgan.

Shu kuni soat 17:00 larda esa chaqaloqning ahvoli og‘irlashib, unda biologik o‘lim holati kuzatilgan. Uning o‘limiga muddatidan oldin (7 oylik) tug‘ilganligi sabab bo‘lgan.

“Ayni paytda mazkur holat Cog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olinib, mavjud vaziyatga zudlik bilan aniqlik kiritish maqsadida tegishli Ishchi guruh Farg‘ona viloyatiga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qashqadaryo viloyatidagi shifoxonada zinapoya ostiga tashlab ketilgan sumka ichidan chaqaloq topilgandi. Bola Kitob tumanida joylashgan viloyat bolalar uyiga joylashtirilgan. Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyning yo‘lagida esa yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqlar qoldirib ketildi.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq Farg'ona Quva tug'uruqxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing