Prezident maslahatchisining o‘rinbosari DXAga direktor etib tayinlandi
Jamiyat
−
30 iyul 2020
12050O‘zbekiston Prezidenti qaroriga muvofiq Ulug‘bek Islomovich Muhammadiyev Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi.
Ulug‘bek Muhammadiyev 1977 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat universiteti (kunduzgi), 2003 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti (sirtqi)ni tamomlagan, mutaxassisligi matematik, huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining ish yurituvchisi lavozimidan boshlagan.
Ulug‘bek Muhammadiyev shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Oilali. 3 nafar farzandi bor.
Eslatib o‘tamiz, DXAning avvalgi rahbari Xalilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi