Dikaprio va Bezos Amazon o‘rmonlari uchun 200 million dollar ajratmoqchi

Madaniyat-san’at

image

Amazon asoschisi Jeff Bezos va mashhur aktyor Leonardo Dikaprio Amazon o‘rmonlarini asrab qolish uchun xayriya mablag‘i ajratmoqchi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Aytilishicha, ular Braziliya hukumatining flora va faunani asrash va mahalliy xalqlarni himoya qilish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqchi. Ularning birgalikda qilgan xayriyasi jami hisobda 183,4 million yevroni tashkil etadi. 

Amazon asoschisi dunyodagi yirik milliarderlardan biri bo‘lib, u “Bezos Earth Fond” jamg‘armasi bilan hamkorlikda avval ham global miqiyosda ekologiya o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun xayriyalar qilgan. 

Dikaprio ham ekologik muammolarga befarq emas. U doimiy ravishda jiddiy iqlim o‘zgarishlari uchun mablag‘ ajratib keladi. 

"Biz Braziliyaning sayyoradagi yovvoyi tabiatning eng muhim joylardan biri bo‘lgan Amazonni himoya qilishdan ilhomlanamiz va sayyoramizni himoya qilish uchun ushbu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaganimizdan xursandmiz", dedi u.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Leonardo Dikaprio qo‘shnisining uyini sotib olgan edi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bezos Dikaprio Amazon o'rmonlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing