Mask Bezosga vaqtini jakuzida o‘tkazmaslikni maslahat berdi 

Olam

image

Dunyoning eng boy odami, SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask dunyoning ikkinchi raqamli milliarderi Amazon asoschisi Jeff Bezosga ko‘proq vaqtini jakuzida emas, Blue Origin kompaniyasida o‘tkazishni maslahat berdi. 

“Men uni Blue Origin’ga ko‘proq vaqt ajratishga undashga harakat qilaman, shunda ular yaxshi rivojlanishi mumkin. Mening bir do‘stim aytganidek, u Blue Origin’da ko‘proq, jakuzida esa kamroq vaqt o‘tkazishi kerak”, degan tadbirkor “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida.

SpaceX asoschisining ta’kidlashicha, ular kichik narsalarga nisbatan raqobatchilaridan farq qiladi.

“U (Bezos) muhandislik tafsilotlarini o‘rganish uchun aqliy kuchini behuda sarflashni xohlamaydi”, degan Mask.

Ma’lumot o‘rnida, “Financial Times” gazetasi va “Time” jurnali Ilon Maskni “Yil odami” deb topdi.  

Tadbirkorning SpaceX kompaniyasi kosmik texnologiyalarni ishlab chiqaradi. Hozirda kompaniyaning asosiy faoliyati past yer orbitasiga tovarlarni yetkazib berishdir. Mask 2026 yilgacha Marsga odam qo‘ndirmoqchi ekanini ma’lum qilgan. 

Jeff Bezos esa Blue Origin kompaniyasiga 2000 yilda asos solgan. Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan “New Shepard” raketasining birinchi muvaffaqiyatli uchirilishi 2015 yilda bo‘lib o‘tgan. Joriy yil iyul oyida kompaniya bortida yo‘lovchilar bo‘lgan kosmik kemani uchirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mask Bezos

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing