Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva. Bezosning yaxtasi o‘tishi uchun tarixiy ko‘prik buziladi
Olam
−
03 fevral 2022
16588Niderlandiyaning Rotterdam shahri hukumati Amazon asoschisi, milliarder Jeff Bezosning uch ustunli yaxtasi suzib o‘tishi uchun eski De Hef ko‘prigini vaqtincha demontaj qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda mahalliy “Rijnmond” telekompaniyasi xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, 1927 yilda qurilgan, De Hef nomi bilan ham tanilgan Koningshavenbrug ko‘prigi 2017 yilda ta’mirlangan va mahalliy hokimiyat uni boshqa hech qachon buzib tashlamaslikka va’da bergan. Biroq hozir ko‘prikning bir qismi milliarder Bezosning yaxtasi uning ostidan suzib o‘tishi uchun vaqtincha demontaj qilinmoqda.
Qayd etilishicha, Niderlandiyaning Alblasserdam shahridagi kemasozlik zavodida 430 million yevrolik uch ustunli yaxta qurilmoqda. Balandligi tufayli kema qadimiy ko‘prikdan o‘ta olmaydi. Shuning uchun, Bezos va yaxta qurish bilan shug‘ullanuvchi Oceano kompaniyasi shahar hokimiyatidan o‘z mablag‘lari hisobidan ko‘prikning bir qismini vaqtincha demontaj qilishni so‘ragan.
Rotterdam hokimiyati shahar tarixiy jamoatchiligining noroziligiga qaramay, bunday qadamga rozi bo‘lgan.
LiveBarchasi