Bezos “o‘limga qarshi dori”ga 3 mlrd dollar ajratdi
Olam
−
24 yanvar 2022
11577Amerikalik milliarder va Amazon asoschisi Jeff Bezos “o‘limga davo” topadigan Alto Labs. startapiga uch milliard dollar sarmoya kiritdi. Bu haqda “The Conversation” nashri xabar bermoqda.
Loyihaning ilk ishtirokchilaridan biri Buyuk Britaniyaning GlaxoSmithKline farmatsevtika kompaniyasining sobiq bosh ilmiy xodimi Xel Berron bo‘lgan. Shuningdek, Nobel mukofoti laureatlari Shinya Yamanaka va Jennifer Dudna ham g‘oyani amalga oshirishga qo‘shilgan.
Olimlar hujayralarni qayta dasturlash jarayonini, ya’ni ularning ildiz holatiga qaytishini o‘rganish orqali “o‘limga davo” yaratishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, loyiha muvaffaqiyatli bo‘lishi yoki unday bo‘lmasligi noma’lum, ammo tadqiqotchilar qarishga qarshi kurash sohasida yangi kashfiyotlar qilishlari taxmin qilinmoqda.
Avvalroq, COVID-19 pandemiyasi davrida sayyoradagi eng badavlat o‘n kishining umumiy boyligi ikki baravarga — 700 milliard dollardan 1,5 trillion dollargacha o‘sgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi