Dunyoning eng boy odami 82 yoshli ayol bilan kosmosga uchadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Amazon kompaniyasining bosh direktori va Blue Origin aerokosmik kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos 82 yoshli amerikalik Uolli Fankni joriy yil iyul oyining oxirida o‘zi bilan birga kosmosga uchishga taklif qildi. Bu haqda “ABC News” xabar bermoqda.  

Qayd etilishicha, Fank 1961 yilda “Ayollar kosmosda” dasturida eng yaxshisi bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, dastur ishtirokchilaridan hech biri parvoz qilmagan. 

Bezosning Instagram sahifasida yozishicha, kosmosga sayohat qilishni hech kim Fankdek kutmagan. Amazon asoschisining ta’kidlashicha, Uolli Fank u va uning ukasi bilan birga faxriy mehmon sifatida kosmosga uchadi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 20 iyulida Jeff Bezos o‘zining “Blue Origin” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “New Shepard” raketasida kosmik parvozni amalga oshirishi rejalashtirilgan.  

Avvalroq, Change.org saytida deyarli 80 ming kishi Jeff Bezosni kosmik parvozdan qaytmasligini talab qilgan petitsiyani imzolagani haqida xabar bergandik.  


Maqola muallifi

Teglar

Bezos

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing