Diqqat! FVV sel xavfidan ogohlantirmoqda

Jamiyat

image

Joriy yilning 29-31 may kunlarii O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlariga sel kelishi mumkin. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlik tog‘ va tog‘oldi hududlarda yashovchi aholinini ogohlantirgan va nohush holatlar yuzaga kelganda FVVning “1050” raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida suv toshishi va sel kelishi bilan bog‘liq ko‘pgina holatlar yuz berdi. Xususan, may oyining o‘zida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, Surxondaryo viloyatining Boysun va Oltinsoy tumani, Navoiy viloyati Zarafshon shahri, Jizzax viloyati Jizzax shahri va Sharof RashidovG‘allaorol hamda Zomin tumanida sel kuzatildi. Shuningdek, Sardoba suv ombori devori buzilishi natijasida kelib chiqqan favqulodda vaziyat suv bilan bog‘liq eng katta ofatlardan biri bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

FVV Sel

Baholaganlar

381

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing