“Ippodrom”da yong‘in: mashinalar va mlrd so‘mlik tovarlar kulga aylangan

Intervyu

Kecha, 5 aprel kuni xalq orasida "Ippodrom" nomi bilan mashhur bo‘lgan Chilonzor tumanidagi "Beshqo‘rg‘on" savdo majmuasida yirik yong‘in chiqdi. Uning tafsilotlarini o‘rganish maqsadida QALAMPIR.UZ jamoasi voqea joyiga bordi.

Tarmoqlarda tarqalgan videolarda alanga juda katta maydonni egallagani, quyuq qora tutun osmonga ko‘tarilgani ko‘rinadi. Odamlar jon holatda o‘z tovarlari va mashinalarini xavfsiz joyga olib chiqishga urinayotgani ham tasvirlarda aks etgan.

Biz suhbatlashgan tadbirkorlarning ayrimlari intervyu berishdan bosh tortdi. Ular bu baribir befoyda bo‘lishini, yetkazilgan zarar hech kim tomonidan qoplanmasligini bildirishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda "yong‘inda jarohat olganlar va vafot etganlar bor" mazmunida xabarlar tarqalgan. Biroq, FVVning bildirishicha, yong‘in oqibatida hech kimga ziyon yetmagan.

Ushbu reportajni to‘liq shaklda  QALAMPIR.UZ’ning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in FVV Chilonzor tumani tovarlar “Ippodrom” kulga aylangan

Baholaganlar

0

Reyting

5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing