Jizzaxda bir haftada uchinchi bola sel qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
05 may 2020 14000 1 daqiqa
Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, Jiydali qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 10 yoshli qiz M.B.ni soydan sel kelib oqizib ketdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Ma’lum qildi.
Qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotgan bo‘lgan va soydan oqib kelgan sel uni oqizib ketgan. M.B.ning soydan 500 metr uzoqlikda jasadi topildi.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 1 may kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida voyaga yetmagan opa-ukani sel oqizib ketgani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025