Depardeni himoya qilgan “Brut”ning uyi devorida qora yozuv paydo bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Bir guruh san’atkorlar aktyor va rejissyor Depardening tergov ishi masalasida unga yon bosib chiqdi. Ular orasida bo‘lgan belgiyalik aktyor Benua Pulvord ham odamlarning tanqidiga uchradi. Bu haqda “Sudinfo” nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, 50 dan ortiq madaniyat arboblari, jumladan aktyor Benua Pulvord mashhur fransuz aktyorini himoya qilib, unga qo‘yilgan ayblovlarni qoralagan va aybsizlik prezumpsiyasini eslatib, qo‘shma ochiq xatni imzoladi.

Shundan so‘ng, Richardning uyi devorida Depardega nisbatan haqoratli so‘zlar paydo bo‘ldi. Unda qora bo‘yoq bilan bosh harflarda “Biz Depardeni yoqtirmaymiz, u qari cho‘chqa”, deb yozilgandi.

Ma’lumot uchun, 74 yoshli Deparde Fransiyaning eng taniqli yulduzlaridan biridir. U aktrisa Sharlotta Arnoldning ayblovlaridan so‘ng, Parijdagi uyida ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblanib, 2020 yil dekabrda tergovga tortilgandi. Tergov hali ham davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyoga “Obiliks” roli bilan tanilgan aktyor va mahoratli rejissyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblanib, tergov qilinmoqda.

Gap shundaki, dastlab 2020 yilning dekabr oyida aktrisa Sharlotta Arnold uni 2018 yilda Parijdagi uyida ikki marta zo‘rlaganlikda ayblagandi. Shundan so‘ng aktyor ustidan tergov haraktlari boshlandi. Keyinroq ushbu ishga boshqa odamlarning ham guvohliklari qo‘shildi. Jumladan, fransuz aktrisasi Anuk Grinberg joriy yilning 12 oktyabr kuni mahalliy nashrlardan biriga eksklyuziv intervyu berdi.

Shundan so‘ng, Depardening Shimoliy Koreya tashkil topganining 70 yilligi chog‘ida mamlakatga tashrifi aks etgan videolar sudga dalil sifatida taqdim etildi. Videoda rejissyorning behayo xatti-harakatlari aks etgan kadrlar ham bor. Jumladan, Deparde ayollar va 10 yoshli qizcha oldida behayo tovushlar chiqargani va uyatli mavzularda gapirayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu voqealar fonida Depardeni Fransiyaning eng oliy mukofoti – “Faxriy legion” ordenidan ham mahrum qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Ammo Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron aktyorga nisbatan bunday munosabatga qarshi chiqdi va Depardeni himoya qildi.

Shuningdek, Jerar Depardening oilasi unga nisbatan aktrisalar tomonidan qo‘yilgan jinsiy tajovuz haqidagi ayblovlarga javob qaytardi.


Maqola muallifi

Teglar

tergov aktyor Depard'e Benua Pul'vord

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made