Dehqonobodda qor bo‘ronida qolgan 10 kishi qutqarildi

3-sahifa

image

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) qutqaruvchilari Qashqadaryo viloyatida qor bo‘ronida qolib ketgan o‘n kishini qutqarib qoldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha 23 yanvar kuni soat 18:00 da Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga (FVB) xabar kelib tushgan. Unda aytilishicha, Dehqonobod tumani “Mustaqillik” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida kuchli shamol bo‘lishi oqibatida kuzatilgan qor bo‘ronida bir nechta avtomobillarning harakatlari cheklanib qolganligi va fuqarolarga amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

FVV qutqaruvchilari maxsus yo‘l tanlamas avtomobilda aytilgan manzilga yetib borib, qiyin ahvolga tushib qolgan 10 kishini xavfsiz hududga olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropaga kuchli qor bo‘roni yopirilgani haqida xabar bergandik.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

bo'ron Dehqonobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing